18:34 / 03.08.2021
7552

Sudyalik lavozimlariga qayta tayinlovlar amalga oshirildi

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida Toshkent shahri va boshqa hudud sudlarida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.

Kengash qaroriga bilan: 

Xudoberdi Xoliqov - vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Farrux Qahorov - vakolat muddati davriga Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi.

Maqsud Rayimov - vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi.

Adiz Avezov - vakolat muddati davriga Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziltepa tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Murodjon Mirzajonov - vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Akmal Mirzaxanov - vakolat muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Sardorbek Sodikov - vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Qaxramon Mirsafayev - vakolat muddati davriga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Sanjar Maxametov - vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Tolibjon Obidov - vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi.

Alisher Jalilov - vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Mavzuga oid
Top