Jahon | 18:28 / 04.08.2021
3759
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyadagi yong‘inlar 100ga yaqin uyni yo‘q qildi

Yong‘inlar rayondagi 27ta korxonaga zarar yetkazgan. O‘nlab transport vositalari – 82ta mashina butunlay yonib ketgan, 64ta mashina qisman shikastlangan.

Foto: CTK/ZUMA

Afina shimolidagi o‘rmon yong‘inlari 100ga yaqin uyning kulini ko‘kka sovurdi. Bu haqda Gretsiya fuqaro mudofaasi vaziri o‘rinbosari Nikos Xardaliasga tayanib NewsIT nashri xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Varibobi aholi maskani yaqinidagi o‘rmon yong‘inlari 1,2 ming gektarga yaqin hududni qamrab olgan. Yong‘in oqibatida 76ta uy butkul yonib ketgan, yana 18ta uyga zarar yetgan.

Xardaliasning aytishicha, yong‘inlar rayondagi 27ta korxonaga zarar yetkazgan. O‘nlab transport vositalari – 82ta mashina butunlay yonib ketgan, 64ta mashina qisman shikastlangan.

Afina yaqinidagi o‘rmon yong‘inlari 2 avgust kuni Parnas tog‘i etagida boshlangandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid