O‘zbekiston | 10:23 / 04.08.2021
23156
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik holatlar 1500ga yaqinlashmoqda, 12 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 923 kishida koronavirus, 542 kishida pnevmoniya aniqlangani, 8 kishi koronavirusdan, 4 kishi pnevmoniyadan vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 3 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 132901 (+923) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 95 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 41 nafari Andijon viloyatida,
  • 19 nafari Buxoro viloyatida,
  • 99 nafari Jizzax viloyatida,
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 15 nafari Navoiy viloyatida,
  • 39 nafari Namangan viloyatida,
  • 95 nafari Samarqand viloyatida,
  • 23 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 105 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 91 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 47 nafari Xorazm viloyatida,
  • 108 nafari Toshkent viloyatida,
  • 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 63 nafar,
  • Buxoro viloyatida 25 nafar,
  • Jizzax viloyatida 120 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 22 nafar,
  • Navoiy viloyatida 10 nafar,
  • Namangan viloyatida 20 nafar,
  • Samarqand viloyatida 69 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 32 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 111 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 88 nafar,
  • Xorazm viloyatida 58 nafar,
  • Toshkent viloyatida 74 nafar,
  • Toshkent shahrida 113 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 126377 (+805) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 901 nafarni tashkil qildi.

SSV 3 avgust kuni 542 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 12425 taga yetgani, so‘nggi bir kunda bemorlarning 441 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 5018 nafarni tashkil qilayotgani haqida xabar bergan.

Bir kunda aniqlangan koronavirus va pnevmoniya holatlarining jami soni bo‘yicha (+1465) eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.

Shuningdek, 4 bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 83 nafarga yetdi.

Mavzuga oid