Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyalik ayirmachilar AQSh davlat kotibi va mudofaa vazirini sudga berishdi
Nigeriyaning “Biafra tub xalqlari” (IPOB) ayirmachilik tashkiloti Vashington sudiga AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostin ustidan shikoyat qildi. Tashkilot suddan Nigeriya harbiy-havo kuchlariga 6 ta A-29 Super Tucano samolyoti berilishini to‘xtatishni va yaqinda yetkazib berilgan shunday samolyotdan 6 tasini qaytartirishni talab qilmoqda.
Avvalroq Nigeriya hukumati AQShdan sotib olingan yengil shturm samolyotlarini mamlakat shimolidagi ayirmachilik harakatiga qarshi qo‘llashni buyurgan. IPOB’ning AQSh sudida manfaatlarini himoyalayotgan advokat Bryus Feyn tashkilot jangovar samolyotlar o‘ldirish yoki jarohat yetkazish uchun qo‘llanishi mumkinligidan xavotirlanayotganini aytgan.
IPOB o‘zini tinch harakat deb ta'riflab keladi va maqsadi etnik guruhni Nigeriya hukumati tomonidan irqiy tahqirlashdan himoyalash uchun mustaqil davlat tashkil etish hisoblanishini ta'kidlaydi.
Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy aksincha, tashkilotni davlat xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik qilishda ayblab keladi.
Nigeriya bosh shtabi va AQSh davlat departamenti ushbu holat yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.
Nigeriya tomonidan A-29 Super Tucano samolyotlarini sotib olish bo‘yicha bitim 2017 yilda Donald Tramp ma'muriyati tomonidan ma'qullangan. Dastavval, shartnoma Barak Obama prezidentligi vaqtidayoq imzolangan, biroq Nigeriya harbiy-havo kuchlari qochqinlar lageriga aviazarba bergandan keyin ijrosi to‘xtatib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.12.2025
Investorlar 2026 yilda ham dollar kursining pasayishini kutmoqda – OAV
13:32 / 22.12.2025
Uitkoff AQSh–Ukraina formatidagi muzokaralar tafsilotlarini ochiqladi
10:36 / 22.12.2025
Ushakov: Ukraina, YeI va AQSh takliflarining ko‘pchiligi to‘g‘ri kelmaydi
09:54 / 22.12.2025