Yangi O‘zbekiston universitetining o‘quv yo‘nalishlari va qabul kvotalari e’lon qilindi

Foto: Yangi O‘zbekiston universiteti
Yangi O‘zbekiston universiteti o‘quv yo‘nalishlari va qabul kvotalari tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Prezident ta’lim muassasalari agentligi matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, universitetning o‘quv yo‘nalishlari va qabul kvotasi quyidagicha etib belgilangan:
- Mexanika muhandisligi (100 o‘rin)
- Kimyo muhandisligi (100 o‘rin)
- Dasturiy ta’minot muhandisligi (100 o‘rin)
Universitetga kirish uchun talabgorlardan quyidagi hujjatlar so‘raladi:
– pasport nusxasi (doimiy propiska sahifasi bilan);
– umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;
– ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (eng kamida IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95);
– Oxirgi uch oy ichida olingan fotosuratning elektron varianti.
Ma’lumot uchun, Yangi O‘zbekiston universitetiga qabul joriy yilning 15 avgust kuni soat 18:00ga qadar davom etadi.
Avvalroq, Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova universitetda o‘qish uchun aytilgan kontrakt narxi (1 semestrda mahalliy talabalarga 24 mln 850 ming so‘m, xorijiy talabalarga 5 ming dollar) tasdiqlanmagani va hisob-kitob bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdori undan ham qimmat bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Jasorat maktablari"ga qanday o‘qishga kirish mumkin?
O‘zbekiston | 12:03
-
YeIdan ikki tashkilot Rossiyadagi «nomaqbul» tashkilotlar reyestriga qo‘shildi
Jahon | 11:48
-
Sotilmagan munitsipal obektlar ijaraga beriladi
O‘zbekiston | 11:37
-
Tramp: Putin AQShning yangi sanksiyalari tahdididan xavotirda
Jahon | 11:20
Mavzuga oid

08:03
O‘zbekiston universiteti xalqaro reytingda eng kuchli 500 ta OTM qatoridan joy oldi

10:30 / 31.05.2025
Kimyo muhandisligi talabalari uchun xorijda o‘qish, haq to‘lanadigan amaliyot va kontrakt to‘lovlarini qoplash imkoniyati yaratildi

16:29 / 25.03.2025
Muddatidan oldin qanday qilib talaba bo‘lish mumkin? – iqtidorli abituriyentlar uchun noyob imkoniyat

10:00 / 01.05.2024