Yaqinda Yangi Özbekiston universiteti kontrakt summasi e'lon qilingandi. Universitet rasmiy saytida keltirilişiça, kontrakt narxi 1 semestrda mahalliy talabalarga 24 mln 850 ming söm, xorijiy talabalarga 5 ming dollar etib belgilangan.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova bu raqamlar tasdiqlanmaganini aytdi. Unga köra, saytda berilgan ma'lumot töğri emas.

«Hisob-kitob böyiça tölov-kontrakt miqdori balki undan ham qimmat bölişi mumkin. Çunki Yangi Özbekiston universitetiga top darajadagi oliygohlar işlatadigan dastur kelyapti. Kontrakt miqdori aytilgan summadan ham balandroq bölişi mumkin, balki pastroq bölar, aniq emas», dedi Hilola Umarova 23 iyul kuni bölib ötgan matbuot anjumanida.