Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha yangi choralar qabul qilindi
Shu bilan birga, konstitutsion kengash koronavirus yuqtirganlarning majburiy izolyatsiya qilinishi to‘g‘risidagi modda qabul qilinishini rad etdi.
Fransiya konstitutsion kengashi pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi choralar to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi, deb xabar berdi Le Figaro nashri.
Nashrning ma'lumot berishicha, kengash fransuzlarning qahvaxona, restoran va savdo markazlariga kirishda sanitar ruxsatnomalar ko‘rsatishini majburiy etib belgiladi.
Yangi choralar 9 avgustdan kuchga kiradi.
Shu bilan birga, konstitutsion kengash koronavirus yuqtirganlarning majburiy izolyatsiya qilinishi to‘g‘risidagi modda qabul qilinishini rad etdi.
Bundan tashqari, Fransiyadagi kompaniyalarga emlanishni istamagan xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlandi.
Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026