O‘zbekiston | 09:09 / 05.08.2021
1581
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzax tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni aytib, evaziga 3000 dollar olgan shaxs ushlandi

Jizzaxda abituriyentni tanishlari orqali institutga kiritib qo‘yishni va'da qilib, evaziga pul talab qilgan fuqaro aniqlandi. U 3000 AQSh dollari miqdoridagi pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Jizzax viloyati prokuraturasi ma'lum qildi.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov va Zomin tumanlarida yashovchi fuqarolarning arizasiga asosan joriy yilning 27 iyul kuni DXX Jizzax viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Jizzax shahrida yashovchi, Jizzax davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti qo‘lga olindi.

U ariza muallifini Jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialiga tanishlari orqali kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 3000 AQSh dollari talab qiladi. Pullarni Jizzax shahar Shodlik mahallasi «Islombobo» nomli umumiy ovqatlanish shoxobchasi yonida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid