2026/2027 öquv yili uçun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari joriy yilning 14 iyulidan 23 iyuliga qadar bölib ötadi. Bu haqda Bilimni baholaş agentligi xabar berdi.

Test sinovlari 10 kun davomida, ikki smenada taşkil etiladi. 1-smena soat 8:00 da, 2-smena soat 15:00 da boşlanadi.

Abituriyent test sinovi boşlanişidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib borişi şart.

Test sinovida iştirok etiş uçun ruxsatnomalar my.uzbmb.uz platformasi orqali beriladi. Abituriyent ruxsatnomani yuklab olib, çop etgan holda pasport (ID-karta) bilan birga olib kelişi lozim. Pasport nusxasi yoki boşqa hujjat bilan kelgan, şuningdek, belgilangan vaqtdan keçikkan abituriyent test sinoviga kiritilmaydi.