Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda tog‘dagi turistlarni qutqarish uchun borgan vertolyot halokatga uchradi
Uchuvchi halok bo‘lgan, vertolyot bortidagi to‘rt kishi jarohatlangan.
Tojikistonda tog‘da qolib ketgan rossiyalik turistlarga yordam berish uchun yo‘l olgan vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, uchuvchi halok bo‘lgan, vertolyot bortidagi to‘rt kishi jarohatlangan.
Turistlar Poymozor darasidagi muzlikni zabt etish uchun ko‘tarilgan bo‘lgan.
«28 iyulda olti ming metrdan yuqori balandlikda turistlardan biri ko‘chki ostida qolgan. Boshqalar bu haqda xabar berganidan so‘ng ular bilan aloqa uzilib qolgan», – degan agentlik suhbatdoshlaridan biri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vertolyot muzlikka qo‘nish chog‘ida halokatga uchragan.
Halokat yuz bergan joyga qutqaruvchilar yo‘l olgan.
Mavzuga oid
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
11:22 / 23.03.2026
Qatarda harbiy vertolyot halokati: yetti kishi vafot etdi
15:05 / 17.12.2025
Germaniya: yangi dengiz vertolyoti suvosti kemalariga qarshi kurashni kuchaytiradi
07:24 / 11.12.2025