Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovada yangi bosh vazir boshchiligidagi hukumat tasdiqlandi
Moldovaning yangi bosh vaziri sobiq moliya vaziri Natalya Gavrilitsa bo‘ldi. Mamlakat parlamenti u boshchiligidagi hukumatni tasdiqladi.
Gavrilitsa nomzodini bosh vazir lavozimiga parlament saylovlarida g‘alaba qozongan “Harakat va birdamlik” partiyasi ilgari surgan.
Gavrilitsa hukumat iloji boricha tezroq ishini boshlashi uchun keyingi haftadayoq uning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishga va'da bergan. Yangi hukumatda avvalgisiga qaraganda 4ta ko‘proq, ya'ni 13ta vazirlik bo‘ladi.
Mamlakatning avvalgi bosh vaziri Ion Kiku 2020 yil dekabrida iste'foga chiqqandi. Shundan keyin deputatlar yangi hukumatni shakllantirishga 2 marta urinishgan, biroq buning uddasidan chiqa olishmagan. Hukumatni parlamentni tarqatib, muddatdan avval parlament saylovlari o‘tkazilgandan keyin shakllantirishga muvaffaq bo‘lindi.
Saylovlar 11 iyulda bo‘lib o‘tgan. Unda prezident Mayya Sandu asos solgan “Harakat va birdamlik” partiyasi g‘alaba qozongan.
Mavzuga oid
08:52 / 25.06.2026
Ruminiyada Moldova bilan birlashish bo‘yicha qonun loyihasi yangi bosqichga o‘tdi
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
13:41 / 18.03.2026