Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda ukasining o‘rniga testga kirishga uringan soxta abituriyent ushlandi
Xorazm viloyatida oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari jarayonida bir necha qoidabuzarliklar aniqlangan.
Jumladan, 5 avgust kuni Urganch shahridagi «Xorazm» sport majmuasida o‘tkazilgan test sinoviga qo‘shko‘pirlik, 1992 yilda tug‘ilgan, D.I. o‘rniga uning opasi, 1990 yilda tug‘ilgan S.I. kirishga uringanida nazorat o‘tkazish punktida xizmat olib borayotgan IIO xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.
Shuningdek, 6 avgust kuni o‘tkazilgan test sinoviga kalkulyatorni yashirin tarzda olib kirishga uringan, qashqadaryolik, 1995 yilda tug‘ilgan M.Q. va uyali telefon vositasini olib kirishga uringan, urganchlik, 2003 yilda tug‘ilgan S.A. fosh etilgan. Xiva tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan G.A. esa bevosita imtihon jarayonida uyali telefondan foydalanayotgani aniqlangan.
Barcha qoidabuzarlik tegishli tartibda rasmiylashtirilib, abituriyentlar test sinovlaridan chetlashtirilgan.
Mavzuga oid
17:38 / 13.07.2026
Abituriyentlar uchun test sinovi o‘tkaziladigan sanalar e’lon qilindi
18:29 / 11.07.2026
Sertifikatga ega qariyb 13 ming nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilindi
09:09 / 11.07.2026
Endi ovchilik guvohnomasi uchun kurs va testdan o‘tish talab etiladi
16:23 / 24.06.2026