Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkabog‘dagi tug‘uruqxonaga qabul qilinmay Qarshiga jo‘natilgan ayol yo‘lda tug‘gani va chaqaloq vafot etgani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, joriy yil 1 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘uruq bo‘limiga murojaat qilib kelgan shu tumanda yashovchi homilador ayolga shifokorlar e'tibor qaratishmagan. So‘ng uni viloyat markaziga jo‘natib yuborishgan. Oqibatda, Qarshiga ketishda, yo‘lda mashina ichida ayolning ko‘zi yorigan va chaqaloq vafot etgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi. Munosabatda yozilishicha, holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘uruq bo‘limi shifokorlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Bundan tashqari, ayni paytda holat huquqni himoya qilish organlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
18:46 / 29.09.2025
Samarqandda hamshira tug‘uruqxonadan chaqaloq o‘g‘irlab chiqib sotib yubordi
16:12 / 05.09.2025
Jizzaxdagi tug‘uruqxonada egizak chaqaloqlardan biri o‘g‘irlab ketildi
18:17 / 19.06.2025
Prezident Yakkabog‘dagi «Yangi O‘zbekiston» massivini ko‘zdan kechirdi
10:57 / 23.01.2025