Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq Belarusga parvoz qiluvchi barcha yo‘lovchi reyslarni to‘xtatdi
Qayd etilishicha, Belarusdan faqat Iroq fuqarolarini olib kelish uchun reyslarga ruxsat beriladi. Laynerlar Iroqdan yo‘lovchilarsiz qaytadi.
Iroq Belarusga parvoz qiluvchi barcha yo‘lovchi reyslarni noma'lum muddatga to‘xtatdi. Bu haqda Iroq fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi xabar qildi.
«Hukumatning tegishli farmoyishiga muvofiq Iroq fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi Iroqdan Minskka parvoz qiladigan barcha reyslar to‘xtatilishini ma'lum qiladi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Belarusdan faqat Iroq fuqarolarini olib kelish uchun reyslarga ruxsat beriladi. Laynerlar Iroqdan yo‘lovchilarsiz qaytadi.
Avvalroq Litva hukumati Osiyo va Afrika mamlakatlaridan Belarus orqali Litvaga kirib kelgan migrantlar vatanlariga qaytishga rozi bo‘lsa, ularga 300 yevrodan mablag‘ to‘lanishini bildirgandi.
Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielius Landsbergisning so‘zlariga ko‘ra, iroqlik 300 nafarga yaqin noqonuniy migrant o‘z vatanlariga qaytishga rozi bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:27 / 28.02.2026
Yaqin Sharqdagi mojaroning ilk kuni: Eron, Suriya, Iroq va BAAda qurbonlar qayd etildi
18:41 / 24.02.2026
Shavkat Mirziyoyev Belarus bosh vazirini qabul qildi
12:37 / 20.02.2026
Belarusda siyosiy mahbuslar Statkevich va Levaya ozod qilindi
09:55 / 20.02.2026