Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva vataniga qaytishga rozi bo‘lgan migrantlarga 300 yevrodan to‘laydi
Yil boshidan buyon Litva-Belarus chegarasida to‘rt mingdan ortiq noqonuniy migrant ushlangan. Bu 2020 yildagiga nisbatan 50 baravarga ko‘p.
Foto: Reuters
Osiyo va Afrika mamlakatlaridan Belarus orqali Litvaga kirib kelgan migrantlar vatanlariga qaytishga rozi bo‘lsa, ularga Litva hukumati tomonidan 300 yevrodan mablag‘ to‘lanadi, deb xabar berdi TASS.
“Bu shaxslarga aeroportda samolyotga chiqishdan oldin 300 yevro naqd pul beriladi. Noqonuniy migrant bunday to‘lovdan faqat bir marta foydalanishi mumkin”, - dedi Litva IIV Migratsiya departamenti direktori Evelina Gudzinskayte.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Litva hududiga yana qaytib kirgan migrantga boshqa bunday mablag‘ berilmaydi.
Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielius Landsbergisning so‘zlariga ko‘ra, iroqlik 300 nafarga yaqin noqonuniy migrant o‘z vatanlariga qaytishga rozi bo‘lgan.
Yil boshidan buyon Litva-Belarus chegarasida to‘rt mingdan ortiq noqonuniy migrant ushlangan. Bu 2020 yildagiga nisbatan 50 baravarga ko‘p.
Litvada migrantlar oqimi bilan bog‘liq inqiroz sababli favqulodda vaziyat e'lon qilingan.
Mavzuga oid
13:03 / 05.02.2026
Litva XJSdan Ukraina energetikasiga RF zarbalari bo‘yicha tergov o‘tkazishni so‘ramoqda
09:45 / 17.01.2026
Litva rossiyalik va belaruslikni Rossiya topshirig‘i bilan terakt sodir etishda aybladi
11:48 / 08.01.2026
Litva bosh vaziri: rossiyalik muxolifatchi Volkov Litvada qolmasligi kerak
14:24 / 06.01.2026