Jahon | 22:25 / 08.08.2021
7599
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya hukumati do‘konlardagi yetishmovchilik sababli armiyadan yordam so‘raydi

Foto: twitter.com

Buyuk Britaniya hukumati do‘konlarga oziq-ovqat yetkazib berish to‘xtab qolgani sababli armiyadan yordam so‘raydi, deb xabar berdi Daily Mail nashri.

Iyul oyi oxirida yuk tashuvchilar uyushmasi mamlakatda 100 ming nafar yuk mashinasi haydovchisi yetishmayotgani, shu sababdan oziq-ovqat mahsulotlarini omborlardan do‘konlarga yetkazib berishda muammolar kelib chiqishi haqida ogohlantirdi. Bunday vaziyat haydovchilarning ko‘pchiligi Brexit’dan so‘ng qirollikni tark etgani, mingga yaqin yangi haydovchi eesa haydovchilik guvohnomasi olish uchun test topshirishni kutayotgani sababli yuzaga kelgan. Nashrning ta'kidlashicha, bu jarayon koronavirus pandemiyasi tufayli kiritilgan lokdaun sababli murakkablashmoqda.

Ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda, Buyuk Britaniya rahbariyati armiyadan oziq-ovqat va dori-darmonlarni do‘konlarga yetkazishda Qirollik logistika korpusidan ikki mingga yaqin haydovchi yuborishni so‘raydi.

Hukumat yaqin orada qurolli kuchlarga bu haqda rasmiy so‘rov yuborishi kutilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid