Jahon | 21:11 / 08.08.2021
4238
2 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada 10 kun ichida 56 ming gektardan ortiq maydon yonib ketgan

Gretsiyada 10 kun ichida 56 ming gektardan ortiq o‘rmon yonib ketdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ayni kunlarda Gretsiyada oxirgi 30 yil ichidagi eng yuqori harorat qayd etilmoqda.

Shu sababdan mamlakatning ko‘plab hududlarida, jumladan, Afina va Kritda yong‘in xavfi yuqori bo‘lib qolmoqda.

Mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchi yong‘in bilan kurashmoqda. Ularga Buyuk Britaniya, Fransiya, Ruminiya, Shveytsariya va Ukrainadan qutqaruvchilar yordamlashmoqda.

Kuni kecha Gretsiyaning kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Eviya orolida, shuningdek, Peloponnes tumanlarida, jumladan Arkadiya va Olimpiyada o‘nlab o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgan.

Eviyada 2 mingdan ortiq odam paromda evakuatsiya qilingan. Orolning shimolidagi Pefki shahrida 10ta kema zarurat holatida ko‘proq odamni evakuatsiya qilishga shay holatda turibdi.

Gretsiyadagi yong‘inlarda ikki kishi halok bo‘lgan. Qurbonlardan biri Afina savdo palatasi prezidenti, yong‘inning ikkinchi qurboni 38 yoshli ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid