O‘zbekiston | 10:14 / 08.08.2021
38171
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar va o‘limlar soni pasaya boshladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 897 kishida koronavirus, 475 kishida pnevmoniya aniqlangani, ikki kasallikdan jami 8 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 7 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 136635 (+897) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 97 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 42 nafari Andijon viloyatida,
  • 22 nafari Buxoro viloyatida,
  • 85 nafari Jizzax viloyatida,
  • 38 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 20 nafari Navoiy viloyatida,
  • 41 nafari Namangan viloyatida,
  • 96 nafari Samarqand viloyatida,
  • 24 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 98 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 82 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 38 nafari Xorazm viloyatida,
  • 97 nafari Toshkent viloyatida,
  • 117 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 95 nafar,
  • Andijon viloyatida 27 nafar,
  • Buxoro viloyatida 34 nafar,
  • Jizzax viloyatida 97 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 39 nafar,
  • Navoiy viloyatida 26 nafar,
  • Namangan viloyatida 38 nafar,
  • Samarqand viloyatida 115 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 110 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 103 nafar,
  • Xorazm viloyatida 45 nafar,
  • Toshkent viloyatida 98 nafar,
  • Toshkent shahrida 102 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 130111 (+929) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 5 nafari vafot etib, rasmiy statistikaga ko‘ra kovid qurbonlari soni 928 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 7 avgust kuni 475 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 14503taga yetdi. So‘nggi bir kunda bemorlarning 489 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 7097 nafarni tashkil qilmoqda. 

Yana 3 bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 96 nafarga yetdi.

 

Bu avgust oyi boshidan buyon ilk marta koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar soni 900dan kam bo‘lishidir. 7 avgust kuni 912ta yangi kasallanish holati qayd etilib, 7 bemor o‘limi ro‘yxatga olingandi.

O‘z navbatida pnevmoniya bo‘yicha ham 26 iyuldan keyingi eng past ko‘rsatkich qayd etilmoqda. O‘tgan davr mobaynida kunlik holatlar soni 500dan yuqori bo‘lib kelayotgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid