Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Belarusning 40dan ortiq jismoniy va yuridik shaxsiga qarshi sanksiyalar kiritdi
Foto: TASS
AQSh Belarusning bir qator jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi sanksiyalar kiritdi. Vashingtonning fikricha, bu shaxslar Belarusdagi tinch namoyishlarni bostirishga aloqador yoki hukumatdan foyda olib keladi. Sanksiyalar ostiga tushganlar orasida Belarus Olimpiya qo‘mitasi ham bor.
“Bugun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar tinch namoyishlarning zo‘ravonlik bilan bostirilishiga hamda 2021 yil 23 mayda Ryanair samolyoti bilan bog‘liq vaziyatga aloqador yoki ular Belarusdagi tuzumdan xalq hisobidan foyda olganlar hisoblanadi”, deb aytilgan AQSh moliya vazirligi bayonotida.
Unda ta'kidlanishicha, sanksiyalar ostiga Belarusning 27 jismoniy va 17 yuridik shaxsi tushgan. Ular orasida Belarus Olimpiya qo‘mitasi va tergov qo‘mitasi bor.
Shuningdek, Vashingtonning fikricha, Belarus orqali ko‘mir tranzitiga monopoliyaga ega “BelKazTrans”, neft sotish bilan shug‘ullanuvchi “Interservis” kompaniyalari sanksiyalar ostiga tushgan.
Bundan tashqari, sanksiyalar ro‘yxatiga Ryanair samolyotining Minsk aeroportida majburiy qo‘ndirilishiga aloqador 5 nafar rasmiy shaxs, jumladan Belarus transport va kommunikatsiyalar vaziri Aleksey Avramenko va vazirlikning aviatsiya departamenti direktori Artem Sikorskiy kiritilgan.
Mavzuga oid
21:21
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
14:27
Zelenskiy: “Uitkoff va Kushner bilan juda yaxshi suhbat bo‘ldi”
14:09
AQSh Serbiya kompaniyasiga RF ulushini sotish bo‘yicha muzokaralar uchun muddat berdi
12:41