Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi migrantlar orasida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p soxta haydovchilik guvohnomasi bilan harakatlanadi - OAV
TASSning huquq -tartibot idoralaridagi manbasiga ko‘ra, ikkinchi o‘rinda - Tojikistondan kelgan haydovchilar.
O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari Moskvadagi chet el fuqarolari orasida taksida ishlayotgan chog‘ida eng ko‘p soxta haydovchilik guvohnomasidan foydalanadi. Bu haqda TASSga huquq-tartibot idoralaridagi manba xabar berdi.
«Politsiya xodimlari doimiy ravishda soxta haydovchilik guvohnomalariga qarshi, shu jumladan, chet elliklar orasida ham kurash olib bormoqda. O‘zbekiston fuqarolari bugun soxta hujjatlar bilan poytaxt ko‘chalarida harakatlanuvchi muhojirlar orasida yetakchi hisoblanadi. Aniqlangan soxta hujjatlar soni bo‘yicha Tojikiston haydovchilari ikkinchi o‘rinda», dedi agentlik suhbatdoshi. Kamroq holatlarda, Turkmaniston va Qirg‘iziston fuqarolarida soxta haydovchilik guvohnomalari aniqlanishi aytiladi.
«Bunday soxta hujjatlar taksi haydovchilari o‘rtasida o‘tkazilgan reydlar paytida muntazam ravishda aniqlanadi, bu ayniqsa, tashvishga sabab bo‘lyapti, sababi bunday holatlarda barcha yo‘l harakati qatnashchilari xavf ostida qoladi», deb qo‘shimcha qildi manba. Uning tushuntirishicha, odatda haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilingan yoki umuman hujjati bo‘lmagan haydovchilar hujjatlarni soxtalashtirish bilan shug‘ullanadi.
Bildirilishicha, hujjatlarni soxtalashtirishning barcha holatlari bo‘yicha politsiya jinoiy ish qo‘zg‘atmoqda (Rossiya Jinoyat kodeksining 327-moddasi - «Hujjatlarni qalbakilashtirish»).
Mavzuga oid
09:13 / 11.07.2026
Moskva ilk marta yoqilg‘i inqirozining haqiqiy sababini ochiqladi
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
08:51 / 19.06.2026