Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«83-o‘rin - mamlakat tarixidagi eng yomon ko‘rsatkich» - To‘qayev Qozog‘iston uchun Olimpiada natijalari haqida
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘istonning Olimpiadada qo‘lga kiritilgan 8ta bronza medali haqida gapirdi, deb xabar beradi Tengrinews.kz.
«Tokioda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida Qozog‘istondan 93 sportchi ishtirok etdi. G‘alaba va mahorat ko‘rsatgan sportchilarga minnatdorchilik bildiraman. Olimpiadaning bronza medali sohiblarini tabriklayman, bu ularning ko‘p kunlik mashaqqatli mashg‘ulotlarining natijasidir», deb yozdi prezident Twitter’da.
Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat salohiyati va sarflangan mablag‘ga to‘g‘ri kelmaydi.
«Terma jamoaning yakuniy natijasi - 8ta bronza medali va umumjamoa hisobidagi 83-o‘rin - Qozog‘istonning sport salohiyati va sportni rivojlantirishga sarflayotgan katta mablag‘iga to‘g‘ri kelmaydi», deya qo‘shimcha qildi To‘qayev.
«Biz Tokio Olimpiadasidan xulosa chiqarishimiz va Parijdagi navbatdagi o‘yinlarda odamlarning umidlarini oqlaydigan natijalarga erishishimiz kerak», deb yozgan Qozog‘iston prezidenti.
U Olimpiya o‘yinlaridagi natijalar sport kabi muhim sohada islohotlarni zudlik bilan va samarali o‘tkazish zarurligini ko‘rsatganini ta'kidladi.
«Ommaviy va bolalar sportini rivojlantirishga e'tibor qaratish va shu orqali jahon miqyosida katta yutuqlarga erishishga intilish kerak», deb yozadi To‘qayev.
Tokio Olimpiadasida Qozog‘iston 8ta bronza medaliga ega chiqdi, bu esa oxir-oqibat 83-o‘rinni egallashga imkon berdi - bu mamlakat tarixidagi eng yomon ko‘rsatkich.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
18:53 / 10.06.2026