Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birja savdolarida paxta yog‘i va sement narxi arzonlashdi
O‘tgan hafta davomida birja savdolarida sement narxi 1,2 foizga, paxta yog‘i esa 7,2 foizga arzonlashgan.
2–8 avgust kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 1 trillion 620,9 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan.
Paxta yog‘i
Birjaning paxta yog‘i bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 17 million 898,9 ming so‘mdan 16 million 617,5 ming so‘mgacha, ya'ni 7,2 foizga pasaygan.
Tsement
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 507,1 ming so‘mdan 500,9 ming so‘mgacha, ya'ni 1,2 foizga pasaygan.
Suyultirilgan gaz
Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gazning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 6 million 588,7 ming so‘mdan 6 million 565,4 ming so‘mgacha pasaygan va o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 million 436,7 ming so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, o‘tgan hafta davomida 8,3 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotilgan.
Mavzuga oid
12:22 / 18.11.2025
Ichki bozorda mahalliy sement ulushi oshgani sabab import kamaydi
15:32 / 13.11.2025
Tsement eksporti keskin o‘sdi: Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Afg‘oniston - asosiy yo‘nalishlar
16:28 / 20.10.2025
Tsementni birja orqali majburiy sotish hajmi qisqartirildi. Bu narxlarni yanada oshirishi mumkin
18:53 / 16.10.2025