Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki bozorda mahalliy sement ulushi oshgani sabab import kamaydi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonga 13 ta davlatdan qiymati 4,4 mln dollarga teng 72 ming tonna sement import qilindi. Import hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 548,1 ming tonnaga, ya’ni 8,6 barobarga kamaygan.
Foto: Shutterstock
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonga jami 13 ta xorijiy davlatdan 72 ming tonna sement import qilingan. Import qilingan sementning umumiy qiymati 4,4 million AQSh dollarini tashkil etgan.
Rasmiy statistikaga muvofiq, sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 548,1 ming tonnaga kamaygan. Bu ko‘rsatkich 8,6 barobarlik pasayishni anglatadi.
Joriy yilning 9 oyi davomida O‘zbekistonga eng ko‘p sement yetkazib bergan davlatlar quyidagilar bo‘ldi:
- Qozog‘iston – 33 739 tonna;
- Eron – 31 218 tonna;
- Qirg‘iziston – 2 653 tonna;
- Tojikiston – 2 516 tonna;
- Rossiya – 1 152 tonna;
- boshqa davlatlar – 755 tonna.
Rasmiy ma’lumotlar sement importi hajmining keskin qisqargani ichki bozorda mahalliy mahsulot ulushi ortib borayotgani bilan izohlanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar 2 oyda tibbiy xizmatlarga 3,5 trln so‘m sarfladi
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
09:40 / 31.03.2026