Namangan tumanida joylaşgan sement işlab çiqaruvçi “Toshbuloq invest group” MÇJning maxsus qorişma saqlanadigan balandligi 17 metrli maxsus “bunker”iga tuşirilgan 18 yoşli işçisi Bahrom Hoşimov tozalaş vaqtida vafot etgan. Baxtsiz voqeani tekşiriş böyiça maxsus komissiya hodisaga işçining özi aybdor ekani haqida xulosa tuzgan. Marhumning ota-onasi korxona asl holatni yaşirayotganini, xodimlar u yerga rahbariyat körsatmasi bilan, beliga oddiy arqon boğlagan holda tuşirilganini  aytmoqda. Kun.uz muxbiri holatni örgandi.

Hodisa 2025 yil 28 noyabr kuni soat 10:30 larda yuz bergan. Guvohlarning tasvirlaşiça, Bahrom Hoşimov sement mahsuloti tarkibiga qöşiluvçi maxsus qorişma saqlanadigan “bunker”ga baxtsiz hodisa yuz berişidan avval ham tuşirib kelingan. Marhumni «bunker»ga tuşirib uning tepasida nazorat qilib turadigan xodim öşa kuni iş bilan boşqa tomonga ketib qolgan. Taxminan 6 daqiqa ötib iş joyiga qaytgan xodim Bahrom Hoşimovning öpirilib ketgan qorişma içidan qölini çiqarib, yordam sörayotganini körib qolgan.

Mehnat muhofazasi inskpeksiyasi tomonidan işlab çiqarişda baxtsiz hodisa va salomatlikka boşqa xil zarar yetkazilişi töğrisida N-1 şaklidagi tuzilgan dalolatnomada ham marhum heç kim topşiriq bermagan bölsa-da, beliga arqonni boğlab işlab turgan bunker içiga öz ixtiyori bilan tuşgani uçun ölim holati yuz bergani qayd etilgan.

Vaholanki, şu paytgaça korxona xodimlari xavfli tarzda beliga oddiy arqon boğlanib maxsus bunkerga muntazam ravişda tuşirib kelingan. Buni marhumning yaqinlari korxona işçilari orqali aniqlaştirgan. Öşa kuni bunker tepasida marhumni kuzatib turgan nazoratçi voqea joyidan ketib qolgan. Bir muddatdan keyin kelib bunker içidagi öpirilgan qorişma içiga tuşib ketgan hamkasbining qölini körib qolib, atrofdagilarni yordamga çaqirgan.

Barça urinişlar besamar ketib, Bahrom Hoşimovning murdasi 40 daqiqadan söng bunker oğzidan çiqarib olingan.

Işni yopişga harakat qilişyapti...