Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsement eksporti keskin o‘sdi: Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Afg‘oniston - asosiy yo‘nalishlar
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekiston qariyb 1,1 mln tonna sementni 44,4 mln AQSh dollari qiymatda eksport qildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 794,6 ming tonnaga (taxminan 3,8 barobar) ko‘pdir.
Foto: iStock
Joriy yilning 9 oyida sement eksporti asosan quyidagi bozorlarga yo‘naltirilgan:
- Qirg‘iziston: 488 740 tonna (taxminan 45,3 foiz);
- Qozog‘iston: 316 794 tonna (taxminan 29,4 foiz);
- Afg‘oniston: 272 739 tonna (taxminan 25,3 foiz);
- Tojikiston: 267 tonna (kichik ulush).
Jami yetkazib berilgan hajm 1 078 540 tonnani tashkil etdi. Shundan kelib chiqib, o‘rtacha shartnoma narxi taxminan $41/tonna (44,4 mln doll. / 1,078 mln tonna) atrofida shakllangan.
Mutaxassislar eksport hajmining o‘sishini ichki ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi, logistika zanjirlari yaxshilanishi va mintaqaviy talabning tiklanishi bilan izohlamoqda.
Mavzuga oid
11:22
Chet el sayohatiga chiqayotgan o‘zbekistonliklar soni o‘sishi sekinlashdi
08:57
O‘zbekistonda 2025 yilda 48 nafar erkak 70 yoshdan keyin ota bo‘ldi
15:07 / 19.03.2026
Meva-sabzavot eksporti: O‘zbekiston 99 mln dollarlik mahsulot sotdi
15:05 / 16.03.2026