O‘zbekiston | 07:56 / 10.08.2021
2373
2 daqiqa o‘qiladi

Huquqbuzarlik holatlarini soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish tartibi joriy etiladi

Joriy yilning 9 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilgan dastlabki hujjat –“O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi bo‘ldi.

Taklif etilayotgan loyihada bojxona qonunchiligini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim ma'muriy huquqbuzarliklarni Davlat bojxona qo‘mitasida mavjud avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yordamida qayd qilish va huquqbuzarlik holatlarini soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish, ko‘rib chiqish tartibini joriy etish, qoidabuzarliklarning elektron tarzda ko‘rib chiqilishida korrupsion holatlar oldi olinishi nazarda tutilgan.

Qonun loyihasining qabul qilinishi Bojxona qonunchiligini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim ma'muriy huquqbuzarliklarni Davlat bojxona qo‘mitasida mavjud avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yordamida qayd qilish va huquqbuzarlik holatlarini soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish tartibini joriy etishga xizmat qilishi aytiladi.

Bildirilishicha, bahs-munozaralar va savol-javoblardan so‘ng, qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid