O‘zbekiston | 10:09 / 10.08.2021
16467
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar 900ga yaqin, ikki kasallikdan 11 kishi vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 891 kishida koronavirus, 457 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami 11 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 9 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 138382 (+891) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 42 nafari Andijon viloyatida,
  • 24 nafari Buxoro viloyatida,
  • 79 nafari Jizzax viloyatida,
  • 22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 19 nafari Navoiy viloyatida,
  • 41 nafari Namangan viloyatida,
  • 83 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 89 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 88 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 46 nafari Xorazm viloyatida,
  • 91 nafari Toshkent viloyatida,
  • 153 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 93 nafar,
  • Andijon viloyatida 95 nafar,
  • Buxoro viloyatida 18 nafar,
  • Jizzax viloyatida 101 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 24 nafar,
  • Navoiy viloyatida 64 nafar,
  • Namangan viloyatida 40 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 99 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 89 nafar,
  • Xorazm viloyatida 53 nafar,
  • Toshkent viloyatida 93 nafar,
  • Toshkent shahrida 106 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 131781 (+875) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan 7 bemor vafot etib, rasmiy statistikaga ko‘ra ushbu kasallikdan vafot etganlar soni 941 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, 9 avgust kuni 457 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 15399 nafarga yetdi. So‘nggi bir kunda ularning 584 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 8121 nafarni tashkil qilmoqda. 

4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 103 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda kunlik emlanishlar soni yarim milliondan oshib ketgani haqida xabar berdi.

9 avgust kuni hududlar bo‘ylab 638 058 doza vaksina qo‘llandi. Shundan:

  • 1-bosqich emlanganlar 558 416 nafarni, 
  • 2-bosqich emlanganlar 69 138 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 10 504 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 10 663 284 doza vaksinadan foydalanilgan. Shundan:

  • 1-bosqich emlanganlar 7 387 495 nafarni, 
  • 2-bosqichda emlanganlar 2 377 313 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 898 476 nafarni tashkil qildi. 

Shu kungacha to‘liq emlanganlar 1 360 237 nafarni tashkil qilmoqda.

9 avgust kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Samarqand viloyati (115 524 doza), 
  • Qashqadaryo viloyati (73 505 doza),
  • Andijon viloyati (66 409 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Namangan  viloyatida 1 244 319 doza, 
  • Farg‘ona viloyatida 1 240 161 doza, 
  • Andijon viloyatida 1 158 987 dozani tashkil qilmoqda.

Mavzuga oid