Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya chegarachilariga Belarus bilan chegarada noqonuniy migrantlarga qarshi kuch va maxsus vositalardan foydalanishga ruxsat berildi
Latviya hukumati Belarus chegarasidagi Ludzensk, Kraslavsk, Augshdaugavsk o‘lkalari va Daugavpils shahrida favqulodda vaziyat rejimini e'lon qildi.
Latviyalik chegarachilarga Belarus bilan chegarani noqonuniy kesib o‘tganlarni ortga qaytarish uchun jismoniy kuch va maxsus vositalarni qo‘llashga ruxsat berildi, deb yozadi Delfi.
Qayd etilishicha, bunda chegarachilarga qurolli kuchlar va politsiya yordam beradi.
Latviya hukumati Belarus chegarasidagi Ludzensk, Kraslavsk, Augshdaugavsk o‘lkalari va Daugavpils shahrida favqulodda vaziyat rejimini e'lon qildi. Rejim 11 avgustdan 10 noyabrgacha davom etadi.
Bosh vazir Krishyanis Karinsh va ichki ishlar vaziri Mariya Golubeva nolegal migrantlar oqimini YeI mamlakatlariga qarshi e'lon qilingan «gibrid urush» deb atadi.
Avvalroq Litvada migrantlar oqimi bilan bog‘liq inqiroz sababli favqulodda vaziyat e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
10:05 / 10.07.2026
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026