09:06 / 10.08.2021
8726

Londondagi Tauer ko‘tarma ko‘prigi buzilib qoldi

Foto: AFP

Britaniya poytaxti London ramzlaridan biri hisoblangan Tauer ko‘tarma ko‘prigi buzilib qoldi. Uni kemani o‘tkazib yuborish uchun ko‘tarilgandan keyin tushirishning iloji bo‘lmayapti.

Voqea 9 avgustning ikkinchi yarmida yuz bergan. Nosozlik tufayli ko‘prikning ikki tomonidan transport vositalari tirbandligi yuzaga kelgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tarixiy ko‘prik yog‘och kemani o‘tkazib yuborish uchun ko‘tarilgandan keyin nosozlik tufayli tushmayapti.

Shu sababli politsiya Londonning markaziy va janubiy qismini bog‘lovchi ko‘prik orqali avtomobil va piyoda harakati to‘xtatilganini e'lon qilgan. Haydovchilar manzilga yetib olish uchun boshqa yo‘llardan foydalanishlariga to‘g‘ri kelgan. Bu esa shahar bo‘ylab katta tirbandliklar yuzaga kelishiga olib kelgan.

Tauer ko‘prigi Temza daryosi ustidan o‘tgan bo‘lib, 1894 yilda ochilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, u yiliga 800 martacha ko‘tarilib-tushiriladi.

Mavzuga oid
Top