Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina o‘z hududida AQShning raketa hujumidan mudofaa bo‘linmalarini joylashtirishni taklif qildi
Aleksey Reznikovning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Rossiyaning Qrimda yadro qurolini joylashtirish maqsadidan xavotirlanmoqda.
Ukraina o‘z hududida AQShning raketa hujumidan mudofaa bo‘linmalarini joylashtirish taklifini ilgari surdi. Bu haqda Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Reznikov AQShga ishchi tashrifi chog‘ida "Jyeymstaun" fondi rahbari Glen Hovard bilan uchrashuvida aytdi.
«Ukraina uchun xavfsizlik sohasi paketini kengaytirish zarur. Birinchi navbatda Amerikaning raketa hujumidan mudofaa bo‘linmalarini joylashtirish hisobiga. Bizning qonunchiligimiz bunga izn beradi», — dedi u.
Reznikovning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Rossiyaning Qrimda yadro qurolini joylashtirish maqsadidan xavotirlanmoqda.
«Rossiya de-fakto Azov dengizini egallab oldi va Qora dengizdagi muvozanatni butkul o‘zgartirib yubordi. Biz Rossiyaning Qrimda yadro quroli joylashtirishga qaratilgan harakatlaridan xavotirdamiz», — deb ta'kidladi u.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
08:56 / 11.07.2026