Jahon | 15:29 / 11.08.2021
12332
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda vaksina tengsizligi muammosini hal qila oladigan 20 kishi bor – JSST

Bryus Eylvordning so‘zlariga ko‘ra, dunyo yetakchilari va farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari vaksina tengsizligiga barham berish uchun harakat qilishi kerak.

Foto: Getty Images

JSST koronavirusga qarshi vaksinalar mamlakatlar o‘rtasida teng taqsimlanmaganidan norozi. Bu haqda JSST bosh direktori maslahatchisi Bryus Eylvord aytdi.

Eylvordning so‘zlariga ko‘ra, dunyo yetakchilari va farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari vaksina tengsizligiga barham berish uchun harakat qilishi kerak.

«Dunyoda tengsizlik muammosini hal qilishda muhim rol o‘ynaydigan 20 kishi bor. Bular vaksina bilan shug‘ullanadigan yirik kompaniyalar rahbarlari. Bular vaksinaga shartnoma tuzayotgan davlatlar rahbarlari hamda vaksina ishlab chiqaruvchi mamlakatlar yetakchilaridir», — dedi Eylvord.

«Ana shu 20 kishi ‘Biz bu muammoni sentyabr oxirigacha hal qilamiz. Biz har bir mamlakat aholisining 10 foizi emlanishi uchun harakat qilamiz’ deyishi kerak», — deb qo‘shimcha qildi u.

JSST mamlakatlar o‘rtasidagi vaksina tengsizligini pandemiyaga qarshi kurashdagi eng katta muammolardan deb hisoblamoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid