Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha kunlik kasallanish va o‘lim holatlari yana osha boshladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 925 kishida koronavirus, 500ga yaqin kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 12 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 11 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 140210 (+925) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 41 nafari Andijon viloyatida,
- 26 nafari Buxoro viloyatida,
- 73 nafari Jizzax viloyatida,
- 28 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 19 nafari Navoiy viloyatida,
- 45 nafari Namangan viloyatida,
- 83 nafari Samarqand viloyatida,
- 21 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 89 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 79 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 33 nafari Xorazm viloyatida,
- 91 nafari Toshkent viloyatida,
- 211 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 93 nafar,
- Buxoro viloyatida 18 nafar,
- Jizzax viloyatida 85 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 29 nafar,
- Navoiy viloyatida 14 nafar,
- Namangan viloyatida 37 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 45 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 86 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 81 nafar,
- Xorazm viloyatida 32 nafar,
- Toshkent viloyatida 105 nafar,
- Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 133362 (+749) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 8 nafari vafot etib, rasmiy statistikaga ko‘ra ushbu kasallikdan vafot etganlar soni 956 nafarni tashkil qilmoqda.
SSV 11 avgust kuni 493 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 16364taga yetgani, so‘nggi bir kunda ularning 437 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 9078 nafarni tashkil qilayotgani haqida ham ma'lum qilgan.
Shuningdek, 4 bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 110 nafarga yetdi.

Qayd etish kerakki, so‘nggi kunlarda koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar soni 900dan kam bo‘layotgan, shuningdek, kunlik o‘lim holatlari ham pasaygandi.
Yurtimizda jami 11,3 million dozadan ortiq vaksina qo‘llandi.
11 avgustda mamlakat hududlari bo‘ylab COVID-19ga qarshi 296 963 doza vaksina qo‘llandi. Shundan:
1-bosqich emlanganlar 272 603 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 18 685 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 5 675 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatda jami 11 382 468 doza vaksinadan foydalanildi. Shundan:
- 1-bosqich emlanganlar 8 049 126 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 2 423 846 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 909 496 nafarni tashkil qildi.
Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 371 257 nafarni tashkil qilmoqda.

11 avgust kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Qashqadaryo viloyati (50 760 doza),
- Surxondaryo viloyati (39 171 doza),
- Andijon viloyati (23 594 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
- Farg‘ona viloyatida 1 292 563 doza,
- Namangan viloyatida 1 288 376 doza,
- Andijon viloyatida 1 215 501 doza
- Samarqand viloyatida 1 150 859 dozani tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari
20:35 / 01.04.2025
Rossiyada tarqalayotgan «noma’lum virus» mikoplazma pnevmoniyasi bo‘lib chiqdi
22:53 / 03.01.2025
Yevrokomissiya rahbarida pnevmoniyaning og‘ir shakli aniqlandi
16:38 / 03.12.2023