Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shanhaydagi davlat banki bo‘limi sobiq direktori pora olgani uchun bir umrga qamaldi
U pora evaziga kredit ajratish va qurilish pudratlarini olib berish bilan shug‘ullangan.
Shanhaydagi Savdo-sanoat banki bo‘limi sobiq direktori Gu Gomin 136 mln yuan (21 mln dollar) miqdorida pora olgani uchun bir umrga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Penpay” axborot portali xabar berdi.
Gu Gomin 2002 yildan 2019 yilgacha Savdo-sanoat bankida turli mas'ul lavozimlarda ishlagan. Ma'lumot berilishicha, u pora evaziga kredit ajratish va qurilish pudratlarini olib berish bilan shug‘ullangan.
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurash 2012 yildan kuchaydi. Oxirgi yillarda korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasi doirasida ko‘plab amaldorlar panjara ortiga jo‘natildi.
Mavzuga oid
17:23 / 09.07.2026
Sobiq davlat xizmatchisi uchun antikorrupsiya xulosasini olish tartibi tasdiqlandi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
08:59 / 01.07.2026