Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning qochqinlar bo‘yicha boshqarmasi Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlarni o‘z chegaralarini yopmaslikka chaqirdi
Shuningdek, BMT oliy komissari boshqarmasi afg‘onlarga qochqinlik maqomini berishga, ilgari qochqinlik maqomi berish rad etilgan afg‘onistonliklarni deportatsiya qilishni to‘xtatishga chaqirdi.
BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlarni o‘z chegaralarini yopmaslikka chaqirdi. Boshqarma vakili Shabiya Mantuning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda yil boshidan buyon 400 mingga yaqin kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
«Biz Afg‘onistondagi inqiroz kuchayishi asnosida qo‘shni mamlakatlarni o‘z chegaralarini ochiq qoldirishga chaqiramiz. Yil boshidan beri 400 mingga yaqin kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi», — dedi Mantu.
Uning ta'kidlashicha, Afg‘onistonning aksariyat tumanlaridagi beqarorlik hisobga olinsa, «o‘z mamlakati tashqarisida bo‘lgan afg‘onlar xalqaro himoyaga ehtiyoj sezishi aniq bo‘ladi».
BMT oliy komissari boshqarmasi afg‘onlarga qochqinlik maqomini berishga, ilgari qochqinlik maqomi berish rad etilgan afg‘onistonliklarni deportatsiya qilishni to‘xtatishga chaqirdi.
BMT matbuot xizmati vakili Real Leblanning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot hozircha Afg‘onistondagi xodimlarini evakuatsiya qilmagan.
Uning ma'lumot berishicha, Afg‘onistonda BMTning 700dan ortiq xodimi faoliyat ko‘rsatadi.
«Ammo hozirda u yerda 300 nafarga yaqin xodim bor. Qolgan xodimlar COVID-19 pandemiyasi sababli masofadan ishlamoqda», — dedi Leblan.
Mavzuga oid
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
11:23 / 08.07.2026
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026