O‘zbekiston | 10:29 / 13.08.2021
18530
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik holatlar soni yana 1,5 mingga yaqin, 12 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 948 kishida koronavirus, 521 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami 12 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 12 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 141158 (+948) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 91 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 42 nafari Andijon viloyatida,
  • 23 nafari Buxoro viloyatida,
  • 65 nafari Jizzax viloyatida,
  • 27 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 19 nafari Navoiy viloyatida,
  • 47 nafari Namangan viloyatida,
  • 93 nafari Samarqand viloyatida,
  • 29 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 90 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 82 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 40 nafari Xorazm viloyatida,
  • 96 nafari Toshkent viloyatida,
  • 204 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 89 nafar,
  • Andijon viloyatida 84 nafar,
  • Buxoro viloyatida 23 nafar,
  • Jizzax viloyatida 72 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 31 nafar,
  • Navoiy viloyatida 20 nafar,
  • Namangan viloyatida 23 nafar,
  • Samarqand viloyatida 132 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 44 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 89 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 88 nafar,
  • Xorazm viloyatida 35 nafar,
  • Toshkent viloyatida 99 nafar,
  • Toshkent shahrida 116 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 134307 (+945) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 8 nafari vafot etib, rasmiy statistikagako‘ra kasallikdan vafot etganlar soni 964 nafarni tashkil qildi.

SSV 12 avgust kuni 521 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 16885taga yetgani haqida xabar berdi. Kecha ularning 424 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 9502 nafarni tashkil qilmoqda. 

Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 114 nafarga yetdi.

Mavzuga oid