Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
14 avgustda O‘zbekiston hududiga salqin havo kirib kelishi davom etadi
14 avgustda kunduz kuni respublika hududiga salqin havo kirib kelishi davom etadi. Kunduz kungi harorat 28-33 daraja issiqqacha pasayadi. Respublika bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Ba'zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-32 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Mavzuga oid
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
14:05 / 13.06.2026