Bekzod Abdurahmonov va Nigora Tursunqulova turmush qurdi

O‘zbekistonlik ikki sportchi – Bekzod Abdurahmonov va Nigora Tursunqulova oila qurdi. Erkin kurashchi Abdurahmonov va taekvondochi Tursunqulovaning turmush qurishi haqida Bekzodning opasi 6 avgust kuni «Sport TV» efirida aytgan edi. O‘sha kuni Abdurahmonov Tokio olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgandi.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan to‘yda sportchilar oilasiga prezident sovg‘alari topshirilgan.
Nigora Tursunqulova ham Tokio olimpiadasida ishtirok etgan va ochilish marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori bo‘lgandi. Taekvondochiga olimpiada sovrindori bo‘lish nasib etmadi.
Ma'lumot uchun, 31 yoshli Bekzod Abdurahmonov faoliyati davomida ikki karra Osiyo chempioni, ikki karra Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgan. 22 yoshli Nigora Tursunqulova ham taekvondo bo‘yicha Osiyo chempioni hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tolibon» endi Rossiyada terror guruhi emas. Harakat asr boshida Rossiyaga jihod e’lon qilgandi
Jahon | 21:47
-
Armaniston parlamentida deputatlar janjallashib ketdi
Jahon | 21:45
-
Putin ma’lum shartlar asosida Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini aytdi. Zelenskiy bunga nima deydi?
Jahon | 21:41
-
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 21:39
Mavzuga oid

20:25 / 26.08.2021
Olimpiada sovrindorlariga avtomobillar bilan birga “chiroyli” raqamlar ham sovg‘a qilingan

19:33 / 08.08.2021
Bahodir Jalolov, Akbar Jo‘rayev, Bekzod Abdurahmonov – eksklyuziv intervyu (video)

15:42 / 08.08.2021
Tokiodagi qahramonlar. O‘zbekiston Olimpiadani qanday o‘tkazdi?

15:48 / 06.08.2021