Tokio-2020. Bekzod Abdurahmonov O‘zbekistonga yana bir medal taqdim etdi
Erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov qozog‘istonlik kurashchini osonlik bilan mag‘lub etib, ikkinchi urinishda Olimpiada medaliga ega chiqdi.

Foto: Ezra Shaw / Getty Images
Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini -74 kg vazn toifasida himoya qilgan Bekzod Abdurahmonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
6 avgust kuni tongda Bekzod Abdurahmonov bronza medali uchun o‘tish bahsida Gvineya-Bissau vakili Augusto Midanani taslim etgandi.
Medal uchun bahsda unga 2019 yilgi jahon chempionati sovrindori Daniyar Kaysanov raqiblik qildi. Bellashuv davomida tezkor harakatlari va abjirligi bilan ajralib turgan Abdurahmonov 2 daqiqa 13 soniyada bahs taqdirini hal qildi - bu vaqtga kelib hisob 13:2 ko‘rinishini olgach, kurash to‘xtatildi (qoidaga ko‘ra ochkolardagi farq 10 ochkoga yetsa g‘olib aniq bo‘ladi).
Shu tariqa Abdurahmonov delegatsiya hisobiga yana bir medalni qo‘shib qo‘ydi.
Bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Tokio Olimpiadasidagi to‘rtinchi medal bo‘ldi. Bungacha taekvondochi Ulug‘bek Rashidov oltin, dzyudochi Davlat Bobonov bronza, og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev oltin medalga ega chiqqandi. Endilikda O‘zbekiston umumiy reytingda 32-o‘rinni egallab turibdi.
- Eslatib o‘tamiz, Bekzod Abdurahmonov 5 avgust kungi dasturda 1/8 finalda Puerto-Riko vakili Franklin Gomesni 10:0 hisobida yengib, chorakfinalga chiqqandi. Biroq 1/4 finalda rossiyalik ikki karra jahon chempioni Zaur Sidakovdan yengildi. Sidakov finalga chiqqani evaziga Abdurahmonovda bronza medali uchun kurashish imkoniyati saqlanib qolgandi.
- Ma'lumot uchun, jahon chempionatlarining ikki karra sovrindori, Osiyo o‘yinlarining ikki karra chempioni hisoblangan Abdurahmonov 5 yil muqaddam Rio-2016 Olimpiadasida bronza uchun kurashda imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV
Jahon | 13:56
-
O‘zbekiston BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisligiga nomzod bo‘ldi
O‘zbekiston | 13:38
-
Ukraina xorijdan qurol xaridlarida 770 mln yo‘qotdi
Jahon | 13:37
-
Istanbul muzokaralari: nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33
Mavzuga oid

20:25 / 26.08.2021
Olimpiada sovrindorlariga avtomobillar bilan birga “chiroyli” raqamlar ham sovg‘a qilingan

19:42 / 14.08.2021
Bekzod Abdurahmonov va Nigora Tursunqulova turmush qurdi

19:33 / 08.08.2021
Bahodir Jalolov, Akbar Jo‘rayev, Bekzod Abdurahmonov – eksklyuziv intervyu (video)

15:42 / 08.08.2021