8 avgust kuni Özbekistonning olimpiadadagi sönggi vakili Bahodir Jalolov finalda amerikalik raqibni mağlub etib, oltin medalni qölga kiritdi. Özbekiston turnirda jami 5ta medal olib (3 oltin va 2 bronza), umumiy reytingning 32-poğonasidan joy oldi (Serbiyalik suv poloçilar öz delegatsiyasiga uçinçi oltin medalni olib berişdi va 1ta kumuş hamda 5ta bronzasi ham bölgan Serbiya 34-örindan 28-öringa kötarilib, Özbekistonni 31-örindan 32-öringa tuşirib yubordi).

Özbekistonlik sportçilar Tokioda sportning 17 turidan 71ta yöllanma bilan iştirok etişdi. Özbekistonga beş jamoa - taekvondo, dzyudo, oğir atletika, erkin kuraş va boks jamoalari bittadan medal olib berdi. Kun.uz Tokio Olimpiadasi yakunlarini sarhisob qiladi. 

Uluğbek Raşidov, oltin (Taekvondo)

Özbekiston delegatsiyasi olimpiadaning ikkinçi kunidayoq medallar hisobini oçdi. Taekvondo jamoasidagi «qora toyçoq», 19 yoşli Uluğbek Raşidov (-68 kg) barça raqiblarini mağlub etib, oltin medalga ega çiqdi va sport ixlosmandlarining sevimlisiga aylandi.

Özbekiston taekvondoda yana bir medal olişga yaqin edi, ammo Nikita Rafaloviç (-80 kg), avval yarimfinalda, keyin bronza uçun bahslarda yutqazib qöydi. Taekvondoçi qizlar Nigora Tursunqulova va Svetlana Osipova ham medallar uçun bahslarga yetib bora olişmadi.

Davlat Bobonov, bronza (Dzyudo)

Yozgi Olimpiadaning beşinçi kungi bahslariga kelib Özbekiston delegatsiyasi jamğarmasiga yana bir medal qöşib qöyildi.

-90 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan dzyudoçi Davlat Bobonov esa dastlab italiyalik Nikolas Mungay tösiğidan ötdi. Ikkinçi davrada ukrainalik Kedjau Nabalini birinçi raunddayoq mağlubiyatga uçratdi. Ammo çorakfinalda Yevropa çempioniga qarşi bahsda birgina xato tufayli alamli mağlubiyatga uçradi. Uning raqibi finalga çiqqaç, bronza uçun ötiş bahslarida iştirok etiş imkoniga ega bölgan Bobonov yana ikki bahsni öz foydasiga hal qilib, Olimpiada sovrindoriga aylandi.

Dzyudo jamoasi 11 yöllanma bilan turnirga borgandi, ammo Şarofiddin Lutfullayev, Sardor Nurillayev, Hikmatilloh Törayev, Şarofiddin Boltaboyev, Muhammadkarim Xurramov, Bekmurod Oltiboyev, Diyora Keldiyorova, Farangiz Hojiyeva hamda Gulnoza Matniyazova kabi dzyudoçilar medalsiz ortga qaytişdi.