Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston mavzusida feyk va spekulyatsiyalarga yo‘l qo‘ymaslik kerak – Sherzod Asadov
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov an'anaviy brifingda OAV vakillariga davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan haftadagi tadbirlari va joriy haftadagi rejalari bo‘yicha ma'lumot berdi.
O‘z nutqida Sherzod Asadov Afg‘oniston mavzusida axborot tarqatishga jiddiy yondashish zarurligiga to‘xtaldi.
“15 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat bo‘yicha ham fikr almashildi. Ikki mamlakat idoralari o‘rtasida mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan yaqin aloqalar hamda hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shu o‘rinda, men hurmatli jurnalistlarimizga aytmoqchiman. Albatta, Afg‘onistondagi vaziyat hammaning diqqat-eʼtiborida, hamma uni yoritishga harakat qilyapti. Lekin, bu mavzuda spekulyatsiyaga yo‘l qo‘ymaslikka, ishonchsiz manbalardagi gaplarni tarqatmaslikka chaqiraman.
Mana, kecha Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi. Bundan keyin ham o‘z vaqtida axborot berib boriladi. Bizning pozitsiyamiz shundan iborat, materiallarimiz shunga muvofiq bo‘lishi kerak”, dedi prezident matbuot kotibi.
Mavzuga oid
16:52 / 10.06.2026
Sherzod Asadov Moskvada Sergey Kiriyenko va Dmitriy Peskov bilan uchrashdi
19:14 / 21.12.2025
Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi davomida 12 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvlarga erishildi
22:02 / 20.11.2025
Sherzod Asadov Euronews direktorlar kengashi raisi bilan uchrashdi
19:35 / 20.09.2025