O‘zbekiston | 10:05 / 16.08.2021
16963
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik holatlar soni 1,4 mingga yaqin, yana 8 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 877 kishida koronavirus, 479 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 8 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 15 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 143918 (+877) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 81 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 34 nafari Andijon viloyatida,
  • 20 nafari Buxoro viloyatida,
  • 65 nafari Jizzax viloyatida,
  • 20 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 21 nafari Navoiy viloyatida,
  • 42 nafari Namangan viloyatida,
  • 90 nafari Samarqand viloyatida,
  • 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 87 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 76 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 32 nafari Xorazm viloyatida,
  • 93 nafari Toshkent viloyatida,
  • 194 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Jizzax viloyatida 20 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 54 nafar,
  • Navoiy viloyatida 25 nafar,
  • Samarqand viloyatida 151 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 81 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 80 nafar,
  • Xorazm viloyatida 36 nafar,
  • Toshkent viloyatida 127 nafar,
  • Toshkent shahrida 134 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 136572 (+708) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 5 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha shu vaqtgacha kasallikdan vafot etganlar soni 981 nafarni tashkil etayotganini ma'lum qilgan.

15 avgust kuni 479 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 18395 nafarga yetgan, so‘nggi bir kunda ularning 475 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 10977 nafarni tashkil qilmoqda. 

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 123 nafarga yetdi.

Mavzuga oid