Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda sentyabrda koronavirusga qarshi ommaviy revaksinatsiya boshlanadi
AQShda sentyabrda koronavirusga qarshi revaksinatsiya - vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlash boshlanadi. Bu haqda AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.
Prezident Jo Bayden ma'muriyati rejasiga ko‘ra, revaksinatsiya 20 sentyabrda boshlanadi. Vaksinaning uchinchi dozasi bilan dastlab tibbiy xodimlar, keksa yoshlilar va ikki doza bilan qolganlardan ertaroq emlangan aholi guruhlari emlanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligida ta'kidlanishicha, uchinchi dozani kiritish zarurati odamlarda dastlabki emlashdan keyin immunitet sekin-asta kuchsizlangani hamda delta-shtamm tarqalishi bilan bog‘langan.
Pfizer/BioNTech va Moderna vaksinasining ikkinchi dozasini olganiga 8 oydan oshgan kishilar uchinchi doza bilan emlanishi mumkin. Hukumat Johnson & Johnson’ kompaniyasining bir dozali vaksinasini olganlar bilan ushbu vaziyatda qanday yo‘l tutish zarurligi masalasini o‘rganib chiqadi. Hozircha ushbu vaksina bilan emlanganlar revaksinatsiya qilinmaydi.
Bir qator davlatlar, jumladan Isroil, Fransiya, Germaniya, Britaniya ham revaksinatsiya o‘tkazmoqchi.
Biroq JSST hozircha revaksinatsiyani o‘tkazmaslikka va buning o‘rniga vaksinalar aholisi vaksinaning birinchi dozasini ham ololmagan nochor davlatlarga yo‘naltirishga chaqirgan.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026