O‘zbekiston | 10:11 / 18.08.2021
27627
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirus va pnevmoniya bo‘yicha kunlik holatlar pasayishi kuzatilmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 851 kishida koronavirus, 400ga yaqin kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 10 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 17 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 145615 (+851) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 85 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 35 nafari Andijon viloyatida,
  • 21 nafari Buxoro viloyatida,
  • 49 nafari Jizzax viloyatida,
  • 21 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 17 nafari Navoiy viloyatida,
  • 25 nafari Namangan viloyatida,
  • 95 nafari Samarqand viloyatida,
  • 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 75 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 88 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 27 nafari Xorazm viloyatida,
  • 97 nafari Toshkent viloyatida,
  • 191 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi kun kunlik holatlar soni 900dan kam bo‘lmoqda, so‘nggi marta 15 avgust kuni 917 kishida virus aniqlangani e'lon qilingan, keyingi kunlarda 877, 846 va 851tadan holat ro‘yxatga olindi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 98 nafar,
  • Buxoro viloyatida 14 nafar,
  • Jizzax viloyatida 74 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 23 nafar,
  • Navoiy viloyatida 19 nafar,
  • Namangan viloyatida 48 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 49 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 130 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 89 nafar,
  • Xorazm viloyatida 16 nafar,
  • Toshkent viloyatida 92 nafar,
  • Toshkent shahrida 121 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 138230 (+773) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 7 nafari vafot etib, SSV statistikasiga ko‘ra pandemiya boshidan buyon kasallikdan vafot etganlar soni 994 nafarni tashkil qildi.

17 avgust kuni 398 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 19200 nafarga yetdi. Kecha ularning 422 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 11793 nafarni tashkil qilmoqda. 

Shuningdek, 3 nafar bemor pnevmoniyadan vafot etib, shu kungacha qayd etilgan pnevmoniya qurbonlari soni 129 nafarga yetdi.

Pnevmoniya bo‘yicha kunlik holatlar soni ham pasaymoqda, 15 avgust kuni 502 holat qayd etilgandi, keyingi kunlarda 479, 407 va 398 ko‘rinishida bo‘ldi.

Mavzuga oid