Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Afg‘oniston ustidan parvozlarni to‘xtatdi
Qozog‘istonning aviatsiya sohasidagi ma'muriyati mahalliy aviakompaniyalarga yo‘lovchilar xavfsizligiga tahdid borligi sababli Afg‘oniston ustidan parvozlarni bajarishni taqiqladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ma'muriyat Afg‘oniston havo hududidan foydalanish bo‘yicha tahdidlar va xavf-xatarlarni baholagan. Uning natijalariga ko‘ra, Afg‘oniston ustidan parvozlarni to‘xtatishga qaror qilingan.
Shu munosabat bilan Qozog‘iston aviakompaniyalariga bu haqida tegishli ko‘rsatmalar yo‘llangan. Parvozlarga taqiqlov Afg‘onistondagi joriy vaziyat barqarorlashmaguncha amal qiladi.
Mavzuga oid
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:23 / 02.05.2026