O‘zbekiston | 10:10 / 19.08.2021
15156
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar 800dan oshiq, pandemiya boshidan buyon qurbonlar soni rasman mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 844 kishida, 386 kishida koronavirus aniqlanib, ikki kasallikdan 11 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 18 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 146459 (+844) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 70 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 39 nafari Andijon viloyatida,
  • 21 nafari Buxoro viloyatida,
  • 51 nafari Jizzax viloyatida,
  • 25 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 16 nafari Navoiy viloyatida,
  • 36 nafari Namangan viloyatida,
  • 91 nafari Samarqand viloyatida,
  • 24 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 92 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 73 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 39 nafari Xorazm viloyatida,
  • 98 nafari Toshkent viloyatida,
  • 169 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 86 nafar
  • Buxoro viloyatida 15 nafar,
  • Jizzax viloyatida 70 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 27 nafar,
  • Navoiy viloyatida 22 nafar,
  • Samarqand viloyatida 182 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 92 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 71 nafar,
  • Xorazm viloyatida 23 nafar,
  • Toshkent viloyatida 94 nafar,
  • Toshkent shahrida 109 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 139021 (+791) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 8 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha ushbu kasallik qurbonlari soni soni 1002 nafarni tashkil qildi.

18 avgust kuni 386 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 19586 nafarga yetdi. Kecha ularning 375 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 12168 nafarni tashkil qilmoqda. 

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 132 nafarga yetdi.

Mavzuga oid