Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yashash xonadonida kannabis yetishtirayotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida yashash xonadonida kannabis yetishtirayotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 17 avgust kuni soat 15:00larda Past Darg‘om tumanida IIB JQB va XPB xodimlari tomonidan «Qoradori-2021» maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir davomida Past Darg‘om tumani Alisher Navoiy mahallasida yashovchi 38 yoshli A.E. yashash xonadonida 0,5 kv metr maydonda ekilgan makkajo‘xori ichida jami 18 tup o‘tkir hidli, kannabisga o‘xshash o‘simlik yetishtirib kelayotgani aniqlangan. Ushbu o‘simliklar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati IIB EKB ma'lumotnomasiga ko‘ra, ushbu 18 tup o‘simlik tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib kannabis o‘simligi turiga kirishi aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Past Darg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:46
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026