Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda yashash xonadonida 535 tup kannabis yetishtirib kelayotgan shaxs ushlandi
Samarqand viloyati Urgut tumanida yashash xonadonida 535 tup kannabis yetishtirayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida «Jinoyatchilikka qarshi kurash» tezkor profilaktik oyligi doirasida navbatdagi nazorat tadbirlari Urgut tumanida o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, Urgut tumani G‘o‘s qishlog‘i Xo‘jaguzar mahallasida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro O. G‘.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda hovlisida 535 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini o‘stirayotgani aniqlangan. Bundan tashqari, u 200 gramm marixuanna giyohvandlik o‘simligi urug‘larini saqlab kelgan. Ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan huquqni himoya qilish organi tergov-surishtiruv harakatlari olib bormoqda.
Mavzuga oid
19:34 / 08.05.2026
Urgutdagi “ibtidoiy” poliklinika to‘rt oyda qanday o‘zgardi?
09:29 / 10.11.2025
Hokim yordamchisi va advokat 2500 dollar bilan ushlandi
14:54 / 25.10.2025
“Gul deb o‘ylabman” – Urgutda tomorqasida 229 tup kannabis yetishtirgan ayol ozodlikdan mahrum qilindi
16:02 / 05.08.2025