Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagonda Kobul aeroportida go‘dakning harbiylar tomonidan olib ketilishi videosiga izoh berildi
Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi Kobul aeroportini qo‘riqlayotgan amerikalik harbiylar aeroport oldida to‘plangan afg‘onlarning biridan go‘dakni olib ketganlari videosiga izoh berdi. Go‘dakning harbiylar tomonidan olib ketilishi lavhalari butun dunyo bo‘ylab tarqaldi.
Kirbining ta'kidlashicha, betob bo‘lgan bolakayni harbiylarga uning otasi bergan. Bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilgach, u otasiga qaytarilgan. Kirbi harbiylarning ushbu ishini “insonparvarlik akti” deb atagan.
“Ota dengiz piyoda askarlaridan betob bolasiga yordam berishni iltimos qilgan. Shunda devor ustidagi harbiylardan biri engashib, bolani otasidan olgan. Bola aeroport hududidagi norveg gospitaliga olib borilgan. Gospitalda unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, so‘ng otasiga qaytarilgan”, deb ma'lum qilgan Pentagon vakili.
Ayni vaqtda Kobul aeroportiga 6 mingga yaqin amerikalik harbiy tashlangan. Ular amerikaliklar, AQShga yordam bergan afg‘onlar va uchinchi davlatlar fuqarolarining Afg‘onistondan xavfsiz olib chiqilishini ta'minlashmoqda.
Mavzuga oid
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
11:58 / 25.05.2026
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
21:13 / 12.05.2026