Jahon | 21:28 / 22.08.2021
5334
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya bosh vaziri noyabrda iste'foga chiqishini e'lon qildi

Shvetsiya bosh vaziri Stefan Leven noyabrda Sotsial-demokratik ishchi partiya yetakchisi va bosh vazir lavozimlaridan ketishini ma'lum qildi.

“Men 10 yil partiya raisi, 7 yil bosh vazir bo‘ldim. Biroq barcha narsaning intihosi bor. Men o‘z vorisimga yaxshi sharoitlar yaratmoqchiman. Men partiya ijroiya qo‘mitasiga va nomzodlarni ilgari surish qo‘mitasi raisiga partiyaning noyabrdagi qurultoyida partiya raisi lavozimidan ketmoqchiligimni ma'lum qildim hamda bosh vazir lavozimidan bo‘shatilishimni so‘radim”, deb aytgan Shvetsiya bosh vaziri.

Avvalroq Leven Shvetsiya tarixida parlament tomonidan ishonchsizlik bildirilgan birinchi bosh vazirga aylangandi. Bunga hukumatning yangi qurilgan turar joy binolarida ijara haqini erkin belgilashga ruxsat bermoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan. 28 iyunda Leven iste'foga chiqishini e'lon qilgan.

Biroq muxolifat layoqatli koalitsiyani shakllantira olmagandan keyin Leven 2 hafta o‘tgach yana o‘z lavozimiga qaytgandi.

Mavzuga oid