Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobul aeroportida otishmadan so‘ng yong‘in boshlandi
Avvalroq AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi vakili Uilyam Urban Kobul aeroportida qisqa muddatli otishma sodir bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi.
Kobul xalqaro aeroportida yuz bergan otishmadan so‘ng yong‘in boshlandi. Bu haqda Asharq Al-Awsat gazetasi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, "yong‘in AQSh harbiylari va noma'lum shaxslar o‘rtasida sodir bo‘lgan otishmadan so‘ng boshlangan".
Yong‘in oqibatida yetgan zarar to‘g‘risida ma'lumot berilmagan.
Internetda ushbu yong‘in tasvirlangan lavha tarqalgan.
Avvalroq AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi vakili Uilyam Urban Kobul aeroportida qisqa muddatli otishma sodir bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi.
Urbanning so‘zlariga ko‘ra, otishma oqibatida "bir nafar afg‘on harbiysi halok bo‘lgan, yana bir necha nafar afg‘onistonlik jarohatlangan".